11:35 / 29.07.2021
2 399

Chilonzordagi kafeda janjal ko‘tarib, ichki ishlar xodimiga qo‘l ko‘targan shaxslar hibsga olindi


Kadr: Videodan skrinshot
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Ming chinor» kafesida janjal ko‘targan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Tezkor xabarlar» informatsion dasturda xabar berildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 5 iyul kuni soat 17:35 da Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga shu hududdagi «Ming chinor» kafesida janjal bo‘layotgani va IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatilayotgani haqida xabar kelib tushadi.

Shu zahoti voqea joyiga tezkor-qidiruv guruhi safarbar etiladi. Surishtiruvda jamoat tartibini buzib, janjal ko‘targan shaxslar qurilishda ishlayotgan ishchilar bo‘lib chiqdi. Yaqin joyda bo‘lgan profilaktika noziri voqea joyiga bir zumda yetib keladi va vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qiladi.

Bezorilarning bari qo‘lga olinib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib kelinadi.
«Kafeda sherigim bir bola bilan urishayotgan ekan, ajrataman deb borsam, kimdir ko‘zimga musht tushirdi. Keyin men ham ulardan birining beliga tepdim. Ota-onam to‘g‘ri aytgan ekan, shu bolalarga qo‘shilmagin, deb. Mingdan ming pushaymonman», — deydi gumonlanuvchilardan biri.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoiy ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu modda bilan ayblangan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi kafeda janjal ko‘tarib, ichki ishlar xodimiga qo‘l ko‘targan shaxslar hibsga olindi