18:46 / 29.07.2021
2 030

Antitanachaga test topshirish pulni ko‘kka sovurishmi?


Xorijlik mutaxassislarning ta’kidlashicha, antitanachaga topshirilgan test natijalari odam immun himoyasi darajasi to‘g‘risida ishonchli xulosalar qilishga imkon bermaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, antitanacha bor-yo‘qligi koronavirusdan himoyalanishning aniq belgisi emas. Ustiga-ustak, uzoqroq saqlanib qoladigan hujayrali immun reaksiyasi mavjud bo‘lib, uni antitanachalarga topshirilgan test aniqlay olmaydi.

Boshqacha aytganda, sizda antitanachalar darajasi past bo‘lishi mumkin, ammo shunga qaramay, hujayrali immunitet orqali virusga qarshi yaxshi himoya ham mavjud bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha, yuqori darajadagi antitanachalar va past hujayrali himoya darajasi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, kross-reaksiya tufayli test noto‘g‘ri ijobiy natija ko‘rsatishi mumkin. Masalan, oddiy shamollashdan keyin qolgan antitanachalarni test Covid-19ga qarshi immunitet deb baholashi mumkin.

Bunday vaziyatda mutaxassislar sizni kasallikdan keyin «himoyalanganingizga» ishonch hosil qilish uchun pulni behuda sarflamaslikni maslahat berishmoqda: koviddan tuzalgan bemorlarning qon plazmasi virusning yangi variantlari bilan kurashishga unchalik qodir emas.

Ilmiy nuqtai nazardan, mantiqqa to‘g‘ri keladigan yagona narsa — imkon qadar tezroq virusga qarshi emlanishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Antitanachaga test topshirish pulni ko‘kka sovurishmi?