08:00 / 30.07.2021
2 753

Rossiya O‘zbekiston bilan qo‘shma mashg‘ulotlar oldidan Surxondaryoga qo‘shinlarni jo‘natishni boshladi


Rossiya O‘zbekiston bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida o‘tadigan harbiy mashg‘ulotlar oldidan Samara oblastidan harbiylarni “Termiz” poligoniga jo‘natishni boshladi.

“Tinchlikparvar kuchlar bo‘linmalari va Markaziy harbiy okrugning maxsus vazifalarni bajaruvchi brigadalari Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun “Termiz” poligoniga qo‘shinlarni jo‘natishni boshladi. Samaradagi “Kurumoch” xalqaro aeroportida harbiylar Il-76 samolyotiga qurol, tegishli anjomlarni yuklashdi, bojxona tartibotlaridan o‘tishdi va Termiz shahriga uchib ketishdi”, deb ma’lum qilingan Rossiyaning Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatida.

Mashg‘ulotlar 30 iyuldan 10 avgustgacha Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi. Ularda Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlarining 1,5 mingga yaqin harbiysi ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari Markaziy Osiyo davlatlari hududiy yaxlitligini ta’minlash vazifalarini bajarishadi.

Mashg‘ulotlarda 200ga yaqin harbiy texnika vositasi va aviatsiya qo‘llanadi. Jumladan, ularga Rossiyaning Qirg‘izistondagi “Kant” aviabazasidan Su-25SM shturm samolyotlari zvenosi jalb qilinadi. Jangovar samolyotlar qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlash hamda shartli dushmanning yashirin bazalarini izlash va yo‘q qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, samolyotlar dushmanning mobil zenit raketa majmualari zarbalaridan qochishni mashq qiladi.

Ushbu mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyat hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygani ortida yomonlashgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekiston bilan qo‘shma mashg‘ulotlar oldidan Surxondaryoga qo‘shinlarni jo‘natishni boshladi