14:30 / 05.08.2021
3 378

Prezidentlikka navbatdagi nomzod e’lon qilindi


Bahrom Abduhalimov.
Ayni damda  O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashining navbatdagi Plenumi o‘tkazilmoqda. Unda partiya Siyosiy Kengashi hamda Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Plenumda «Adolat» SDP 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida ko‘rsatishini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun: Bahrom Abduhalimov 1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.

U 2011—2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020 yilning oktabrida «Adolat» SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentlikka navbatdagi nomzod e’lon qilindi