
Joriy yilning 5 avgust kuni soat 14:20 larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1288-kilometrida ayanchli YHT sodir bo‘ldi.
Haydovchi, 1956 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va «Lacetti» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Natijada, «Lacetti» avtomobilida bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchi YTH hamda yong‘in oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar