O‘zLiDeP siyosiy kengashi majlisi vaqtida bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida fikr bildirib o‘tdi.
– O‘zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-ciyosiy, ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy-ma’rifiy iqlim paydo bo‘ldi.
Xo‘sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijaga qanday erishdi?
Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zlarining va jamoalarining oldiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalar qo‘yib, doim marrani baland olishga da’vat qilgan hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.
Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go‘yo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilayapmiz. Aslida, buning zamirida, davlatimiz oldida turgan dolzarb muammolarni aql-idrok bilan yecha oladigan, fidoiy, mard, serg‘ayrat va tafakkuri kuchli bo‘lgan shaxsning – hurmatli Shavkat Miromonovichning qat’iyatlari mujassamdir, – dedi Abdulla Aripov.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam O‘zLiDeP tomonidan Shavkat Mirziyoyevning nomzodi O‘zbekiston prezidentligi saylovi uchun qo‘yilgani xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin