17:01 / 09.08.2021
2 082

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro D.A. va boshqalar oldindan til biriktirib «Bactopraz-S» dori vositasi yorlig‘ini o‘zgartirish orqali tayyorlangan qalba


Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro D.A. va boshqalar oldindan til biriktirib «Bactopraz-S» dori vositasi yorlig‘ini o‘zgartirish orqali tayyorlangan qalbaki «Pandovir 100 (Remdesivir)» dori vositasini har birini 500 ming so‘mdan hisoblab, to‘lovni AQSH dollarida amalga oshirishga kelishib, 100 dona qalbaki «Pandovir 100 (Remdesivir)» dori vositasini 4 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir davomida yuqoridagi dori vositalari Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida tayyorlanganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 23 turdagi qalbaki dori vositalari hamda 500 dona yorliqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro D.A. va boshqalar oldindan til biriktirib «Bactopraz-S» dori vositasi yorlig‘ini o‘zgartirish orqali tayyorlangan qalba