
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkentning Yangihayot tumanida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy harakatga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda R.T. ismli ayol 7 avgustda tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar