Amerika hukumati 31 avgustgacha Afg‘onistondan barcha harbiylarni olib chiqib ketishga va’da bergandan beri AQSH harbiy havo kuchlari «Tolibon»ga qarshi o‘t ochishga botina olmayapti.
Chunki ayni paytda Kobulda ularning askarlari bor bo‘lib, mamlakatni tark etishga tayyorlanishmoqda. Shuning uchun AQSHga hozir qo‘shimcha yordam kuchi yuborish uchun harbiy baza kerak bo‘lyapti.
O‘zbek hukumatining Air Force Magazine jurnaliga ma’lum qilishicha, hozirgi kunda AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish masalasi bo‘yicha muzokaralar hamon davom etyapti. Buning uchun Qarshi-Xonobod harbiy bazasi tanlanishi mumkin.
2021 yil 1 iyul kuni aynan shu masalani muhokama qilish uchun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSHga safar qilib, Pentagon ma’muriyati bilan shu va boshqa masalalarda muzokaralar o‘tkazgan edi.
Qarshi-Xonobod harbiy bazasida 2005 yilgacha AQSH qo‘shinlari bor edi. 2005 yildagi Andijon voqealaridan keyin Amerikaning barcha askarlari mamlakatni tark etgan. Shundan beri u yerda O‘zbekistonning harbiy havo kuchlari mashg‘ulot o‘tab keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi