
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 15 avgust kuni telefon orqali muloqot qilib, Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashdi.
Rossiya prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbatda Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi atroflicha muhokama qilindi. Shuni hisobga olgan holda, Rossiya va O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi. Davlat rahbarlari bundan keyin ham o‘zaro muntazam aloqalarni davom ettiradi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining qayd etishicha, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentlar 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tib, O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar