
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun nomzodi ko‘rsatilgan Alisher Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali uni qo‘llab-quvvatlash uchun majburan imzo to‘planayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi o‘qituvchi va targ‘ibotchilar «Milliy tiklanish» DP tomonidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlashga doir imzo varaqasini uyma-uy yurib, to‘ldirishlari talab qilingani aytilgan xabar tarqaldi.

Skrinshot: Telegram
Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi.
«Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerak. Sizning imzongiz — huquqingizdir. Sizni majburlashlariga yo‘l qo‘ymang. Yuqoridagi holat qaysi tumandagi qaysi maktabda sodir bo‘lgani aniqlanadi va tasdiqlansa, ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi», — deb yozadi partiya raisi.
Alisher Qodirov imzo yig‘ish jarayonida partiya faollari tomonidan bosimga uchragan shaxslarni @alisherqodirov_bot manziliga ma’lum qilishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar