17:00 / 24.08.2021
1 964

Bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi

Bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Parlament xabariga ko‘ra, qonun loyihasi bilan 75ta moddaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bojxona nazoratini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda. Tovar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga joylashtirish maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar berish tartibi bekor qilinyapti.

Bojxona to‘lovlari to‘lanishini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi – Yagona bojxona to‘lovi undirishni nazarda tutuvchi normalar belgilanmoqda.

Bojxona ma’murchiligi yo‘nalishida vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etilgani munosabati bilan yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Deputatlar fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan tovarlarni eksport va import qilish jarayonidagi mavjud tartibotlarni yanada soddalashtirish orqali rasmiylashtiruv jarayonlari tezlashadi va shaffofligi ta’minlanadi.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi