20:54 / 24.08.2021
2 406

Prezident: «Hamma joyni archazor qilmasdan mahalliy sharoitga mos daraxt yetishtirish kerak»

Prezident: «Hamma joyni archazor qilmasdan mahalliy sharoitga mos daraxt yetishtirish kerak»
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari o‘z chiqishi davomida mahalliy sharoitga mos daraxt ko‘chatlarini ekish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Avtomobil yo‘llari, dala chetlari, barcha aholi maskanlarida oktabr-noyabr oylarida 55 million dona ko‘chat ekilishi lozim. Kelgusi yil bahor mavsumida 70 million dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlarni ekishi shart. Hamma joyni archazor qilmasdan, uning o‘rniga mahalliy sharoitga mos daraxt yetishtirish lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shuningdek ushbu ko‘chatlarning parvarishiga alohida e’tibor qaratdi. Prezident bu masalada Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarini o‘rnak sifatida ko‘rsatdi.

Misol uchun, Chiroqchi tumanidan o‘tuvchi «Samarqand – Qarshi» magistral yo‘lining 35 kilometr uzunlikdagi qismining har ikki tomonida, tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan 30 ming tup manzarali daraxt ekilgan.

Ushbu daraxtlarni parvarishlash uchun, Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 140 nafar mahalliy aholi jalb qilingan. Natijada, 90 foiz ekilgan daraxtlar ko‘kargan
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘z nutqi davomida Samarqand shahridagi 75 kilometrlik shahar irrigatsiya tizimi qayta tiklangani tufayli so‘nggi 2 yilda daraxtlarning qurib qolishi 90 foizga kamaygani hamda shahardagi havo harorati 2 darajaga pasayganini alohida ta’kidladi. Ammo hamma hududlarda ham vaziyat bunchalik yaxshi emas.

Lekin, boshqa hududlarda ekilayotgan daraxtlar parvarish qilinmagani yoki sug‘orish tizimi izdan chiqqani bois 60-70 foiz daraxtlar qurib qolmoqda. Misol uchun, Nukus shahrida – 70 foiz, Navoiy shahrida – 65 foiz, Namangan va Farg‘ona shaharlarida – 60 foiz irrigatsiya tarmoqlari ishdan chiqqan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Hamma joyni archazor qilmasdan mahalliy sharoitga mos daraxt yetishtirish kerak»