14:30 / 26.08.2021
2 649

Qashqadaryoda mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi
Qashqadaryoda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan ota o‘zaro janjal oqibatida farzandini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar beradi IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 larda viloyatning Chiroqchi tumani «Tarag‘ay» MFYda yashovchi A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, yashash uyiga kelgan. Ota shu vaqtda uyda mast holda bo‘lgan o‘g‘li bilan o‘zaro og‘zaki tortishib, janjallashib qolgan. Janjal natijasida ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Og‘ir tan jarohatlari olgan o‘g‘il 25 avgust kuni soat 03:00 da yashash uyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi