2 058
Uzbekistan Airways faqat ekonom-klassdan iborat yangi modeldagi aviaqatnovlarni boshlaydi

Foto: Telegram / TashkentLand
Uzbekistan Airways yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlaganini e’lon qildi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab hamda Prezidentning 2021 yil 30 apreldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzbekistan Airways aviatashuvlar borasida gibrid modelga o‘tmoqda.
Yangi modeldagi aviatashuvlar Uzbekistan Express nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi.
Uzbekistan Express ilk parvozini 30 avgust kuni to‘liq ekonom-klassga o‘tkazilgan Airbus A320 samolyotida Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.
TashkentLand Telegram kanalida qayd etishicha, Uzbekistan Airways Technics ayni paytda Uzbekistan Airways’ning Airbus a-320-200 rusumli ikkita samolyotini faqat ekonom-klassga aylantirish ishlarini olib bormoqda. Natijada samolyot 174 nafar yo‘lovchini tashish imkoniga ega bo‘ladi.
Avvalroq ushbu samolyotlar 12 ta biznes-klass va 138 ta ekonom-klassdagi joylardan iborat edi. Shuningdek, samolyot fyuzelyajida Express yozuvi paydo bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar