16:44 / 28.08.2021
7 670

Qashqadaryoda noyob tog‘ echkisini yemoqchi bo‘lganlar ushlandi

Qashqadaryoda noyob tog‘ echkisini yemoqchi bo‘lganlar ushlandi
Foto: nasafnews.uz
Qashqadaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning 24-25 avgust kunlari Hisor davlat qo‘riqxonasi Tanhoz bo‘limi hududlarida ekologik qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Boshqarma axborot xizmati xabariga ko‘ra, mahalliy nomi «Qoranqul» bo‘lgan massivning yuqori qismida Shahrisabz tumani Suvtushar qishlog‘ida yashovchi fuqarolar A.B, B. N, D.Jlar yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan 1 (bir) bosh tog‘ echkisini noqonuniy ovlab, tanalarini bo‘laklarga bo‘layotgan paytda qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, mazkur qonun buzilish holati bo‘yicha surishtiruv olib borilganda, fuqaro A.B o‘ziga tegishli bo‘lgan ovchilik guvohnomasi va qurol olib yurish va saqlash ruxsatnomasini taqdim qilgan.

Fuqaro D.J esa o‘ziga tegishli ekanligini bildirgan ov quroliga hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Ushbu fuqarolardan ov qurollari, hujjatlar va bir bosh noqonuniy ovlangan, tanalari bo‘laklarga bo‘lingan tog‘ echkisi go‘shtlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Noqonuniy ov qilish holati bo‘yicha olib qo‘yilgan 2 (ikki) dona ov quroli belgilangan tartib asosida Shahrisabz tumani IIBga qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar saqlab turish uchun topshirilgan.

Holat yuzasidan fuqarolar A.B, D.J va B.Tga bu harakatlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ekanligi tushuntirilgan. Noqonuniy ovlangan yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan bir bosh tog‘ echki zarari sohaga aloqador tegishli hujjatlar asosida hisoblanganda 11 million 25 ming so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hisor davlat qo‘riqxonasida aniqlangan mazkur holatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalalari ko‘rib chiqilishi va tabiatga yetkazilgan zararlarni qonuniy tartibda undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun rasmiylashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda noyob tog‘ echkisini yemoqchi bo‘lganlar ushlandi