Toshkentning Chilonzor tumanidagi do‘konlarning birida erkak ayolning sumkasidan hamyonni o‘g‘irlagani aks etgan video tarqalgandi. Poytaxt IIBB ushbu shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat 19 avgust kuni Chilonzor tumani 18-kvartalida joylashgan do‘konlardan birida yuz bergan. Ayolning sumkasi ichida 500 ming so‘m pul va Uzcard hamda Visa plastik kartalari bo‘lgan 160 ming so‘mlik hamyon o‘g‘irlangan. Holat kuzatuv kamerasiga tushirilgan.
Tez orada gumonlanuvchi 38 yoshli F.A. ekanligi aniqlangan va u 21 avgust kuni qo‘lga olingan.
Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan kissavurlik) bo‘yicha ayblov taqdim etilib, dastlabki tergov davomida to‘plangan hujjatlar Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yo‘naltirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi