
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2006 yilda qidiruv e’lon qilingan Buxoro tumani Gala Osiyo shahri Oybek ko‘chasi 12-uyda ro‘yxatda turuvchi, 1977 yilda tug‘ilgan R.S. ismli ayolni ushlash yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan.
U O‘zbekiston Respublikasiga kelishi bilan qo‘lga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar