09:46 / 05.09.2021
2 675

1-kurs talabalari uchun o‘qish boshlanishi vaqti ma’lum qilindi

1-kurs talabalari uchun o‘qish boshlanishi vaqti ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6 sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13 sentabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Ma’lumki, yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashg‘ulotlari umumiy tartibda 6 sentabrdan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1-kurs talabalari uchun o‘qish boshlanishi vaqti ma’lum qilindi