13:53 / 05.09.2021
7 240

Qashqadaryoda bobo uy masalasida janjallashib, nabirasini pichoqlab qo‘ydi

Qashqadaryoda bobo uy masalasida janjallashib, nabirasini pichoqlab qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi shaxs o‘z nabirasini pichoqlab qo‘ydi, deya xabar qilmoqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yil 29 avgust kuni soat 22:00 larda Qarshi tumani «Paxtazor» mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r T.O. nabirasi O.G‘. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolgan. Shu vaqt bobo nabirasining chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda G‘.O. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda bobo uy masalasida janjallashib, nabirasini pichoqlab qo‘ydi