2 146
«Vaksina oqibatida yuz beradigan o‘lim holati emlangandan so‘ng 1 soat ichida kuzatilishi mumkin»

Vaksina olgandan so‘ng o‘lim holati kuzatilishi mumkin, bu faqat emlangandan keyin 1 soat ichida yuz beradi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.
"Vaksinadan keyin nojo‘ya ta’sirlar yoki o‘lim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘riqnomada yozilgan. Biroq vaksinadan so‘ng kuzatiladigan o‘lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida kuzatilishi mumkin. O‘tib ketuvchi nojo‘ya ta’sirlar esa vaksina olgandan keyingi 3 kun davomida kuzatilishi mumkin, lekin ular keyin o‘tib ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi.
Barcha vaksinalarda keyingi 1 soat oralig‘ida, agarda anafilaktik shok yoki kuchli reaksiya bo‘lsa, tibbiy yordam ko‘rsata olinmasa, o‘lim holati kuzatilishi mumkin. Boshqa holatlar vaksina bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘lim holatlari hisoblanadi. Turli nojo‘ya oqibatlar kelib chiqmasligi uchun vaksina olgandan keyingi kunlarda o‘z salomatligingizni muhofaza qiling", - deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar