15:50 / 09.09.2021
2 368

Shavkat Mirziyoyev hech qachon murosa qilolmaydigan kimsalar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev hech qachon murosa qilolmaydigan kimsalar haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida diniy bag‘rikenglik masalasini gapirib o‘tdi.
Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham, ustuvor tarzda diqqatimiz markazida bo‘ladi.

Biz muqaddas dinimizni, ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida qadrlaymiz. Asrlar davomida milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lib kelayotgan insonparvar dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarga qat’iy choralar ko‘ramiz va ular bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Boy diniy va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ilmiy-ma’rifiy markazlar imkoniyatlari, to‘liq ishga solinadi.

Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan siyosatimizni izchil davom ettiramiz
, — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev hech qachon murosa qilolmaydigan kimsalar haqida gapirdi