O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan yoshlar ishtirokida “Jasorat maktabi” ochilishini aytdi.
“Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi MDH o‘yinlari va Tokiodagi paralimpiada o‘yinlari natijalarini ko‘rib ko‘zimga yosh keldi. Ertaga g‘oliblar bilan uchrashaman. Sizlarga bir sirni ochmoqchiman: ana shunday yoshlar ishtirokida “Jasorat maktabi” ochamiz.
Chunki ko‘p yoshlarimiz hayotga yengil-yelpi qaraydi. Shunday yoshlarga ularni o‘rnak qilib ko‘rsatishimiz lozim. Bularday matonatli bo‘lish uchun katta shijoat kerak. Tokio paralimpiadasida g‘alaba qozongan o‘zbek qizining matonati katta jasorat emasmi?
Ularning jasoratini namuna qilib ko‘rsatish kerak. Ular bizning hozirgi tariximiz. Biz hammamiz bir oilamiz, oilamizda shunday muhit yaratsak, yaxshi natija bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi