O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdida so‘zlagan nutqi davomida jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘lishini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston. Jumladan, jurnalistlar haqida gapirar ekan, O‘zbekiston prezidenti ularni o‘z do‘sti deb atadi.
"Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Men, haqiqat va adolatni o‘z e’tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni — islohotlarning faol ishtirokchilari, o‘zimning eng yaqin do‘stlarim deb bilaman va ular hamisha prezident himoyasida bo‘ladi", - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqlarida jurnalistlar haqida ko‘p to‘xtaladi. Davlat rahbari viloyatlar bo‘ylab ishchi safarlarida ham jurnalistlar bilan tez-tez muloqot qilib keladi.
Jumladan, Mirziyoyev joriy yil mart oyida Toshkent viloyati Chinoz tumaniga tashrifi davomida jurnalistlar bilan suhbatlashib, ulardan ko‘proq xalq dardini tinglashni so‘ragan edi.
"Bizning eng katta muammoimiz - hamma amaldorlar ham quyiga tushib, xalqning ichiga kirishni uddalay olmayapti. Yurish kerak, xalqning dardini eshitish kerak. Shu masalada jurnalistlarga ham iltimosim bor - siz hamma joyda yurasiz. Mening qadamim yetmagan joyda ham siz albatta bo‘lasiz. Xalq bilan ko‘proq suhbatlashing, ularning dardini eshiting", - degan edi o‘shanda O‘zbekiston yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi