13:20 / 11.09.2021
2 622

Sherzod Shermatov Qashqadaryodagi maktab polida o‘qiyotgan o‘quvchilar suratiga munosabat bildirdi

Sherzod Shermatov Qashqadaryodagi maktab polida o‘qiyotgan o‘quvchilar suratiga munosabat bildirdi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi maktabda o‘quvchilar polda dars o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov munosabat bildirdi.

Vazirning ta’kidlashicha, ushbu maktabga u 2020 yil tashrif buyurgan, xarob ahvolda bo‘lganiga ta’mirlash dasturiga qo‘shtirgan. Natijada 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilib, maktab bu yil ta’mirlash jarayonida bo‘lgan.

«Afsuski, dastlabki surishtiruvga ko‘ra, maktabning ayrim o‘zaro qarindosh bo‘lgan o‘qituvchilari va direktor orasidagi kelishmovchiliklar sababli, bolalarni polga o‘tirtirib, rasmini turli ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda tarqatishmoqda. Aslida, katta miqdordagi ta’mirlash ishi oxirigacha to‘liq tugab ulgurmaganiga, maktab ochilmasligi, bolalar vaqtincha boshqa maktabda yoki masofadan o‘qib turishi rejalashtirilishi kerak edi.

Shuning uchun ham maktabda yangi mebellar vaqtincha o‘rnatilmagan. Agar juda shoshilinch bo‘lib ta’mirdan chiqqan joyida o‘qishni tashkil etish juda zarur bo‘lsa o‘tgan yilgi mebelni vaqtincha ishlatib tursa ham bo‘lar edi. Maktabda o‘quvchi soni quvvatidan oshiq emas, shunga bir smenada o‘qishni tashkil etish uchun joy yetarli.

Shu orqali yarim asr davomida ta’mirlanmagan maktab ta’mirlanayotganiga Yakkabog‘dan o‘ziga xos minnatdorchilik bildirishibdi...

Endi buyog‘iga prokuratura organlari holatni to‘liq o‘rganib, tegishli javobgarlik choralarini ko‘rishadi deb umid qilamiz
», – deydi Sherzod Shermatov.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat ayni vaqtda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilyapti.
Ishchi guruh tomonidan mazkur holat va video lavhaning haqqoniyligi o‘rganilib, unga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov Qashqadaryodagi maktab polida o‘qiyotgan o‘quvchilar suratiga munosabat bildirdi