19:24 / 14.09.2021
1 834

Sudga ta’sir o‘tkazishga uringan blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sudga ta’sir o‘tkazishga uringan blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda sudga ta’sir o‘tkazishga uringan mahalliy bloger Sh.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, bloger Sh.Yu. jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan K. T.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha yengilroq jazo tayinlanishiga erishish maqsadida sudya qabuliga kirib, hali mazmunan ko‘rib chiqilmagan ish bo‘yicha intervyu berish talabini qo‘yadi.

Bunga javoban sudya qachon va qay tartibda intervyu berishiga oid qonun normalarini tushuntirib, yozma murojaat etishini so‘raganda bloger hech qanday izohsiz chiqib ketadi.

Shundan so‘ng Sh.Yu. sudlanuvchining onasi bilan telefon orqali bog‘lanib, go‘yoki sudyaning «duxi»ga o‘tqazgani, o‘g‘lini jarima jazosi bilan sud zalidan olib chiqib ketishi mumkinligini, buning uchun birgalikda ikkita videorolik tayyorlash kerakligini aytadi. Videorolikning biri «sudyaga rahmat, adolatli ekan», ikkinchisi «sud o‘g‘limni qamab yuboryapti, aybsiz edi, o‘zimni yoqib yuboraman» mazmunida bo‘lishi kerakligi, agar sudya jarima jazo tayinlashga rozi bo‘lmasa, ikkinchi videorolikni internet tarmog‘ida tarqatib yuborishini bildiradi.

Buning evaziga sudlanuvchining onasidan 500 AQSH dollari talab qiladi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish natijasida Sh.Yu.ga nisbatan tuhmat (JK 139-modda) va firibgarlikka (JK 168-modda) qasd qilish, shuningdek, sud ishlariga aralashish, ya’ni adolatsiz hukm chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish (JK 236-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudga ta’sir o‘tkazishga uringan blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi