11:35 / 16.09.2021
2 284

Farg‘onada pichoq va qilichlari bo‘lgan 20 nafarga yaqin shaxs ishtirokida janjal bo‘ldi

Farg‘onada pichoq va qilichlari bo‘lgan 20 nafarga yaqin shaxs ishtirokida janjal bo‘ldi
Farg‘ona shahar, Oqarik ko‘chasida 18 iyun kuni soat 13:10 da ikkita avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH ikki mashina egalarining katta janjaliga aylanib ketgan. Bu haqda IIV axborot xizmatining «Kriminal» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bir joyda ko‘rishib o‘zaro orani ochiq qilib olishga kelishgan ikki tarafdan yigirmaga yaqin yosh yigitlar «Taraqqiyot-2001» MCHJ hovlisida to‘plangan. Janjal boshlangan vaqtda hodisa ishtirokchilari vaziyatdan xabardor bo‘lgan Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, DXX va Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy qismi hamda Farg‘ona shahar bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyidan ko‘plab o‘tkir tig‘li jismlar, pichoq va qilichlar, tan jarohati yetkazishi mumkin bo‘lgan buyumlar, giyohvandlik vositalari olingan. Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida hech kim shikastlanmagan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan, 9 nafar shaxs esa 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada pichoq va qilichlari bo‘lgan 20 nafarga yaqin shaxs ishtirokida janjal bo‘ldi