14:15 / 19.09.2021
1 889

Shayxontohurda dorifurushlar qo‘lga olindi

Shayxontohurda dorifurushlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar D.V., S.X. va I.J.lar, kuchli ta’sir qiluvchi 100 dona «Regapen» nomli dori vositasini 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 112 dona «Regapen» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro L.A. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvchi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayxontohurda dorifurushlar qo‘lga olindi