Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev respublikaga qilgan tashrifi davomida ma’lum qildi.
"Ta’lim sifatini oshirish orqali Qoraqalpog‘istonda “inson kapitali”ni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Respublika aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Ana shu farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ularni eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun, zarur sharoitlar yaratiladi.
Bu orqali, kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga yetkaziladi. Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, kelgusi besh yilda Qoraqalpog‘istonda jami 90 mingdan ziyod yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi. Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari quriladi, 135 ta maktablar kapital ta’mirlanadi va to‘liq jihozlanadi", - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?