Davlatimiz rahbari Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Bu boradagi loyiha Prezidentning viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgan, mutaxassislar fikrlari asosida takomillashtirilgan edi. Majmua shaharning Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidagi qariyb 8 gektar maydonda bo‘ladi. Bugungi kunda haykalning asosi qurilmoqda. Bronzadan Jaloliddin Manguberdining ot ustida qilich tutib turgan haykali yasalgan. Uning asosi bilan birga jami balandligi qariyb 25 metr bo‘lib, uzoqdan ham ko‘rinib turadi.
Davlatimiz rahbari majmua mazmunini boyitish, sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
«Bu yer bilim, ma’naviyat, g‘urur maskani bo‘lishi kerak. Kelganlar aylanib, hordiq chiqarishi bilan birga Manguberdi bobomiz hayotini yaqqol tasavvur qilishi, bundan ruh olishi kerak. Xiyobon bo‘ylab uning janglari, qahramonliklari haqida lavhlar yozib qo‘yish mumkin. Bu tarixni va chet tillarini yaxshi bilgan gidlar tayyorlash ham zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab qurilgan yerosti yo‘lini ham ko‘zdan kechirdi.
Qurilish ishlari bitgach, hudud obodonlashtirilib, manzarali daraxtlar ekiladi, favvoralar barpo etiladi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, turizm xizmatlari tashkil etiladi.
Majmuani ekspluatatsiya qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu yerda bayram tadbirlari, festivallar o‘tkazish uchun ham sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi
Kirg‘iz Respublikasida 45 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion quriladi