20:16 / 22.09.2021
4 772

Mudhish qotillik: «Damas»da xotini va qizini qabristonga olib bordi

Mudhish qotillik: «Damas»da xotini va qizini qabristonga olib bordi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi shaxs xotini va qiziga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Oqibatda ular vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib «Nasafnews» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 18 sentabr kuni Nishon tumani «Oqoltin» MFYda yashovchi, 4 nafar farzandning otasi, 2020 yildan viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida hisobda turuvchi U.X. turmush o‘rtog‘i X.D. hamda voyaga yetmagan qizi R.M.ni qishloq hududida joylashgan qabristonga «Damas» rusumli avtomashinada olib borgan.

Turmush o‘rtog‘iga «sen begona erkaklar bilan birga yurasan, agar begona erkaklar bilan birga yurmasang, qasam ich», deb oshxona pichog‘i bilan voyaga yetmagan qizi va turmush o‘rtog‘iga sanchib tan jarohati yetkazgan. Natijada xotini X.D. va voyaga yetmagan qizi R.M. voqea joyida vafot etgan.

Holat atroflicha o‘rganilganda 2020 yil 23 oktabr kuni marhum uy bekasi X.D. turmush o‘rtog‘i U.X.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Nishon tumani IIBga ariza bergan. Ariza yuzasidan tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Holat yuzasidan er U.X.ning xatti-harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasiga asosan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy sudga yuborilib, tomonlarning o‘zaro yarashganligi munosabati bilan ogohlantirish bilan tugatilgan.

Oradan ikki oyga yaqin vaqt o‘tib, ya’ni 2021 yil 15 yanvar kuni MFY raisining bildirish xatiga asosan X.D. turmush o‘rtog‘i U.X. bilan o‘zaro oilaviy kelisholmay kelayotgani bois, profilaktika inspektori tomonidan 2021 yil 16 yanvar kuni ayolga himoya orderi berilgan.

Oilaviy nizo barham topavermagach, er bo‘lmish U.X. 2020 yil noyabr oyida va 2021 yilning yanvar, fevral va may oylarida viloyat asab-ruhiy kasalliklari dispanseriga davolanish uchun yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mudhish qotillik: «Damas»da xotini va qizini qabristonga olib bordi