4 223
Samarqandda ketma-ket qiz ko‘rgani sabab tahqirlanib kelgan ayol va uning 16 yoshli qizi o‘z joniga qasd qildi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ketma-ket qiz farzand ko‘rgani sabab qaynonasi va eri tomonidan tahqirlanib kelgan ayol o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, qaynona va uning o‘g‘li oiladagi arzimas sabablarni bahona qilib, ayolni yillar davomida tahqirlab kelgan. 2020 yilning noyabrida er ayolini yaqin qarindoshlariga tegishli do‘kondan qaynonasi nomiga qarz olganlikda ayblab, uni kaltaklagan. Ayol tanasining turli joylariga elektr kabel, qo‘llari, oyoqlari bilan jarohat yetkazgan.
Shuningdek, er jarohat olgan xotinini uyida davolanishga ko‘ndirib, shu bilan jazodan qutulib qolgan.
Dekabr oyidagi janjallarning birida qaynona kelinini urib, qaynoq suvni uning yuziga sepib yuborgan. Oilaning 16 yoshli to‘ng‘ich qizi buvisi va dadasi tomonidan onasiga muntazam tazyiq o‘tkazilishiga chiday olmay, yashash uyi og‘ilxonasiga arqon bilan o‘zini osib qo‘ygan.
Oradan ikki soat o‘tib, zo‘ravonliklardan to‘ygan ayol ham qizining yonida o‘z joniga qasd qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida qaynona va o‘g‘il aybli deb topilgan. Sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 103-modda (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi «a», «b» bandlariga ko‘ra 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Qaynonaga esa 4 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi