Kadr: Telegram
Surxondaryoda mast holatda Lacetti avtomobilini boshqarib, YPX inspektorlaridan qochib ketishga uringan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 sentabr kuni soat 21:25 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani «Surxon sohili» mahallasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh inspektorlari Lacetti haydovchisining holatini aniqlash maqsadida to‘xtatgan.
Haydovchi inspektorlarning qonuniy talabini bajarmay, qochib ketishga harakat qilgan.
Oldindan ko‘rilgan xavfsizlik choralari sababli haydovchi avtomashina rulidan tushirib olingan va Qumqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasiga olib borilib, mastligi yoki mast emasligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi alkogoldan mast holda ekani tasdiqlangan. Haydovchi T.Sh. Qumqo‘rg‘on tumani IIBga olib borilib, unga nisbatan YPX inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda haydovchining sodir etgan huquqbuzarligiga oid materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi