13:30 / 24.09.2021
1 525

Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman

Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari kelgusi muddatga prezident etib saylangan taqdirda qanday ishlarni amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Agar menga ishonib, prezident qilib saylasangiz, eng katta ishni mahallada amalga oshiramiz. Budjet mahallada bo‘ladi.
Men tumanda ham, viloyatda ham hokim bo‘lib ishlaganman. Toshkentdagi vaziyatni ham yaxshi bilaman.

Ilgari vaziyat og‘ir edi, juda so‘rasangiz ikki kilometr truba berishardi. O‘zim yashagan ko‘chani asfalt qildira olmaganman. Qildirsa bo‘lardi, ammo qo‘shni ko‘cha abgor ahvolda bo‘la turib, o‘z ko‘chamni tekislab olishim noto‘g‘ri edi.

Hozir ko‘ringlar, Toshkentni birorta ko‘chasi qolmayapti, hammasini bir chetdan to‘g‘rilab chiqyapmiz. Biz yurtimizdagi eng og‘ir mahallalarni ham obod qilishimiz kerak
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman
[/banner_pushhouse