21:03 / 24.09.2021
2 536

Chirchiqdagi harbiy poligonda 21 yoshli yigit snaryad portlashi oqibatida vafot etdi

Chirchiqdagi harbiy poligonda 21 yoshli yigit snaryad portlashi oqibatida vafot etdi
Kadr: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda «Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi» haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 21 avgust kuni dala-o‘quv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalar farzandi Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi A.Iqboljonov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (atrofdagilar uchun katta xavf manbayi bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqdagi harbiy poligonda 21 yoshli yigit snaryad portlashi oqibatida vafot etdi