14:27 / 25.09.2021
1 406

Olimjon O‘sarov: «OAVni QQSdan ozod qilish maqsadga muvofiq emas»

Olimjon O‘sarov: «OAVni QQSdan ozod qilish maqsadga muvofiq emas»
OAVni qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha prezident qarori tayyorlangan va ushbu qaror ayni kunlarda imzolanishi kutilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov 23 sentabr kuni o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kun.uz nashri.

Uyushma rahbari jurnalistning shu mazmundagi savoliga javoban shuningdek, o‘z shaxsiy qarashlarini ham bildirib o‘tdi.
«Bu joyda qiziq bir holat bor. Ommaviy axborot vositalarini qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz berish boshqa davlatlar tajribasida kuzatilmayapti.

Bugun OAVga uni QQSdan ozod qilish imkonini bersak, ertaga uning oldiga boshqa sohalar ham kirib kelishi mumkin. Keyin ularning ko‘payishi OAV uchun berilgan imtiyozning yoppasiga bekor qilinishiga ham sabab bo‘ladi.

Shaxsiy fikrim shundayki, bu masalada boshqacharoq yondashuv maqsadga muvofiq. Ya’ni OAVni yalpi QQSdan ozod etish emas, balki ularga boshqacha ko‘rinishdagi imtiyozni berish kerak. Chunki qo‘shimcha qiymat solig‘i imtiyozi qachondir bekor bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz qonunchilikda muayyan norma topishimiz kerakki, u OAVni qo‘llab-quvvatlasin
», – dedi Olimjon O‘sarov.

Uyushma raisining qo‘shimcha qilishicha, 2007 yilda ommaviy axborot vositalarini moddiy qo‘llab-quvvatlaydigan qonun loyihasi ishlab chiqilgan, ammo u hanuzgacha imzolanmagan.

«Shu qonun qabul qilinganda edi, QQS bilan bog‘liq qiyinchilik bo‘lmasdi. O‘ylashimcha, bu jarayon juda chuqur o‘rganilishi kerak», – Olimjon O‘sarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimjon O‘sarov: «OAVni QQSdan ozod qilish maqsadga muvofiq emas»