2 308
Prokuratura oqlov bilan kelishmadi: «16 fevral voqealari» ortidan jazoga tortilganlarning «ishi» qayta ko‘riladi
Yaqinda Toshkent viloyati sudi tomonidan 1999 yilning 16 fevral kungi poytaxtdagi portlashlar ortidan jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 nafar shaxs oqlangandi. Jamoatchilik o‘rtasida yaxshi ma’noda shov-shuvga sabab bo‘lgan mazkur voqealik bo‘yicha jarayon davom etadigan ko‘rinadi.
Gap shundaki, oqlovga nisbatan Toshkent viloyati prokuraturasi protest kiritdi. Kassatsiya tartibida kiritilgan protest ertaga – 30 sentabr kuni Oliy sudning tegishli sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oqlanganlar «16 fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Aksincha, ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi. Ular o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmagani oqibatida (Jinoyat kodeksining 208-moddasi) qonli voqealarga sababchi bo‘lganlikda ayblanib, 1999 yildayoq jazoga tortilgandi.
Sobiq bojxona xodimlariga nisbatan chiqarilgan hukm oradan 22 yil o‘tgach, Toshkent viloyat sudi tomonidan bekor qilinib, ularning xatti-harakatida jinoyat alomatlari yo‘qligi bois oqlash haqida ajrim chiqargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi