
Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil 10 iyundagi “Sarbon Baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 25,6 mln. so‘m davlat bojini solidar tartibda undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Mazkur ijro hujjati ijrosi yuzasidan qarzdor qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, to‘lamasdan kelgan. Davlat ijrochisi tomonidan jamiyatga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina mavjudligi aniqlanib, avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Qidiruv tadbirlari natijasida “Cobalt” avtomashinasi topilib, xatlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari tadbir davomida, qarzdorlarga tegishli bo‘lgan qidiruvdagi “Captiva”, “Malibu”, “HOWO” va boshqa avtotransport vositalari topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda avtomashinalar baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilmoqda. Endilikda sotuvdan tushgan pullar qarzdorliklarni qoplashga qaratiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar