08:30 / 30.09.2021
1 724

Giyohvandlik vositasini savdosi “pishmay” qoldi

Giyohvandlik vositasini savdosi “pishmay” qoldi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini o‘stirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan.

Biroq, ayrim shaxslar tomonidan zahriqotillarni yetishtirish va ularning savdosi bilan shug‘ullanish holatlari hamon uchramoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro U.X. shartli xaridorga 2,12 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini va 2 dona idishda “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositasini savdosi “pishmay” qoldi