30 sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalanov jurnalistlar, partiya vakillari va Tokio Paralimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil qildi.
Ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarini tanishtirib o‘tdi. Rustam Kalanov nomzodning sport sohasiga e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek uchrashuvda so‘z olgan paralimpiada ishtirokchilari ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
«Nomzod o‘z saylovoldi dasturida vatanimizni dunyoga tanitayotgan siz kabi sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etish nazarda tutilgan. Boshqa nomzodlarga hurmat saqlagan holda aytishim mumkinki, biz Shavkat Miromonovichni amaliyotda ko‘rdik. Qisqa muddatda bunday yutuqlarga erishish oson emas», – deydi Rustam Kalanov.
Markaziy saylov komissiyasining 14 sentabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgandi.
20 sentabrdan boshlab partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakillari joylarda saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini boshlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi