
Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonining 194-kilometrida Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2 oktabr kuni soat 06:30 larda Cobalt haydovchisi tez harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa ag‘darilib ketgan.
Bir necha daqiqada voqea joyiga Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhi, tez tibbiy yordam shifokorlari, yo‘l-patrul xizmati hamda «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari yetib borgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
YTHga uchragan avtomobil ichidagi haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi chiqarib olingan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohat olmagan. «Shunday bo‘lsa-da ularga shifokorlar va qutqaruvchilar amaliy va psixologik yordam ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar