1 646
Shavkat Mirziyoyev AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Shermanni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSH strategik sherikligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Uendi Sherman Shavkat Mirziyoyevga AQSH Prezidenti Jozef Bayden, vitse-prezidenti Kamala Xarris va davlat kotibi Entoni Blinkenning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Amerika tomoni O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi alohida ta’kidlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal sur’atda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining 2021 yil oxirigacha Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi yig‘ilishining kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi.
Siyosat va xavfsizlik, savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, gumanitar almashinuvlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Pandemiyaga qarshi kurashishda, shu jumladan amaldagi global dastur doirasida O‘zbekistonga vaksinalar yetkazib berish masalasida ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Amerika tomoniga alohida minnatdorlik bildirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mintaqaviy, shu jumladan, «AQSH–Markaziy Osiyo» muloqoti hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashi doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. O‘zbekistonning afg‘on xalqiga ko‘maklashish hamda qo‘shni mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishi va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi