
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Qayd etilishicha, fuqaro O.K. fuqaro O.ga o‘zini go‘yoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, unga tadbirkorlik faoliyati uchun mazkur bankdan 200 000 AQSH dollari imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 6 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.ning ham shu yo‘sinda 21 500 AQSH dollarini olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar