1 763
Sobiq prorektor qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti munosabat bildirdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori qidiruvdaligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan universitet axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
«Ijtimoiy tarmoq va internet sahifalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bog‘liq holat bo‘yicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Hattoki, ayrim elektron nashrlar avgust oyida universitet tomonidan qidiruv e’lon qilinganini ham yozishga ulgurdi.
Vaziyatga oydinlik kiritib o‘tamiz. Nodir Fozilovich Idiyev ‘Asaka bank’ AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.
N.Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emas.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha bo‘rttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qolamiz», — deyiladi universitet xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi