O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish uchun hokim yordamchilari lavozimlarini joriy etish taklifini ilgari surdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hokim yordamchilari kredit va subsidiya berish, mahalladagi tomorqa va bo‘sh yerlardan samarali foydalanish, kooperatsiyalar tashkil qilish bo‘yicha aholiga ko‘maklashadi.
Shuningdek, ularning o‘z budjeti bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish huquqlari beriladi. Imtiyozli kredit va subsidiya oladigan aholi va ishsiz fuqarolar bilan kambag‘allikdan chiqish va ko‘proq daromad olishga undaydigan «ijtimoiy shartnoma» tuzishga hokim yordamchilari mas’ul bo‘ladi.
«Yoshlarni hokim yordamchisi lavozimiga qo‘yishdan oldin 2 oy davomida yangi tizim asosida ishlashga o‘qitamiz, 2-3 yil mahallada ishlab, o‘zini ko‘rsatganlarini kelgusida rahbarlik lavozimlariga qo‘yamiz. Ushbu tizimlar orqali kelgusi besh yilda Kasbi tumanida jami 21 ming nafar aholi doimiy daromad manbasiga ega bo‘ladi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevning taklifida ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yiliga 1 trillion so‘m, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 million dollar, viloyatdagi tadbirkorlarga kredit foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga, qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?