Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi ayrim rahbarlar jurnalist yoki blogerlar tomonidan tanqid qilinsa, muammo yechimi qolib, ularni izlashga tushishini tanqid qildi. Bu haqda viloyat rahbarining matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi bu haqda 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida gapirgan.
«Ayrim rahbarlarda ma’suliyat va fidoyilik yetishmayotgani aniq gap. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi deganlaridek, bugungi davrda e’tiborsiz ishlab, bajarilmagan ishni bajarildi, deb kimni aldaymiz? OAVda xatolaring e’lon qilinsa, ish qolib, jurnalist yoki blogerni izlay boshlaysan. Maktab ta’miri va unga eltadigan yo‘l va yo‘laklar oxiriga yetmagan vaqtda qaysi vijdon bilan xotirjam uxlaymiz?» — degan Zoir Mirzayev mas’ullarga yuzlanar ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, Zoir Mirzayev mazkur apparat yig‘ilishida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosi, umumta’lim maktablaridagi ta’mirlash va mablag‘larni o‘zlashtirish, foydalanishga topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish haqida so‘z yuritgan va mas’ul rahbarlarning bu haqdagi hisobotlarini tinglagan.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda, shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ullarining talonchiligi haqida ham so‘z borgan.
«Talonchi ichimizdan chiqdi. Mahalla boshqarmasining ikki nafar xodimi kam ta’minlangan oilalar nomiga pul yozdirib, o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Surishtiruvlar tugasin, hali boshqa odamlar ham chiqib keladi ortidan. Hali mahalla raislari murojaat qilmagan fuqarolarga hujjat rasmiylashtirganini qanday oqlaydi? Davlatni xalqqa yomonotliq qilib ko‘rsatadigan mas’ullar to‘liq qonun oldida javob beradi. Vijdonli rahbarlar ko‘p, vijdonsizlari ham kam emas», — degan viloyat hokimi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi