14:28 / 14.10.2021
1 800

Qizil kitobga kiritilgan 280 mln so‘mlik lochinlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Qizil kitobga kiritilgan 280 mln so‘mlik lochinlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan lochinlarni tabiatdan ajratib olib, pullashga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Zamin.uz'ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi «Kamaz» yuk avtotransport vositasi «Sirdaryo» chegara bojxona postida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvda salondagi sport sumkasiga 8 bosh lochin yashirilgani aniqlangan.

«Qushlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingan, jonzotlar sumkaga ularning hayoti uchun xavfli tarzda zichlab joylashtirilgan. Shu kuni tezkor tadbir Sirdaryo tumanida ham davom ettirilib, ushbu qushlarni sotib olayotgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Mazkur holatda ushlab qolingan 8 bosh lochin O‘zbekistonning 2019 yilda chop etilgan Qizil kitobiga kiritilgan va tabiatan kamyob hisoblanadi hamda ularni ovlash taqiqlangan. Lochinlarning 6tasi Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisoblanadi
», – deyiladi qo‘mita taqdim qilgan ma’lumotda.

Shuningdek, surishtiruvlar davomida qonunbuzarlar ushbu qushlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Hozirda lochinlar Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlovga topshirildi va mutaxassislarning doimiy nazorati ostida parvarishlanmoqda.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizil kitobga kiritilgan 280 mln so‘mlik lochinlarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi