09:20 / 15.10.2021
1 724

Payariqda tadbirkor 548,5 mln so‘mlik firibgarlik qurboniga aylandi

Payariqda tadbirkor 548,5 mln so‘mlik firibgarlik qurboniga aylandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.M. va boshqalar tumandagi «D.» MCHJ hamda «M» oilaviy korxonasini boshqargan davrida, Toshkent shahridagi «D.» va «P.» MCHJlar hamda «E.» xususiy korxonasining 548,5 mln so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari, shuningdek fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yuqoridagi sub’ektlardan 171 mln so‘mlik mebel jihozlarini qabul qilib olganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo qoidalarini buzganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Payariqda tadbirkor 548,5 mln so‘mlik firibgarlik qurboniga aylandi