Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashining tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, ushbu zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish talablari, shuningdek xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha «Master plan» ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qildi.
«Master plandagi ob’ektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek ob’ektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim», - deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, professional tashkilot «Master plan»ni ishlab chiqadi, u bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi.
Buyurtmachi ushbu e’lon bilan professional tashkilot va «Master plan»ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi.
Professional tashkilotning taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
— Ob’ektning tavsifi va undan kelgusida samarali boshqarish, yaratilgan ish o‘rinlarini saqlab qolish, daraxtlar va butalarni kesmaslik hamda ob’ekt hududida kapital qurilish ishlarini amalga oshirmaslik kabilarni inobatga olgan holda:
— Xaridorlar (investorlar) uchun ob’ektni xususiylashtirish bo‘yicha belgilanadigan talablar hamda ob’ektni xususiylashtirishning shartlari va shakllari;
— potensial xaridorlarni saralash uchun qo‘yiladigan talablar hamda xususiylashtirishdan oldin va undan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning sabablari va yechimi yuzasidan «Master plan»ning batafsil tavsifi hamda ishni tashkil etish bo‘yicha professional tashkilotning oqilona tavsiyalari (40 ballgacha);
— Xizmat haqi taklifi. Bunda, xizmat haqi miqdori taklif etilayotgan «Master plan»ning strategiyasiga bog‘liq. Ish haqi miqdori va boshqa joriy harajatlar aniq ko‘rsatilishi kerak (40 ballgacha);
— Professional tashkilotning shunday xizmatlarni amalga oshirishdagi mavjud tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (10 ballgacha);
— «Master plan»ni ishlab chiqish nuqtai nazaridan tanlov bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan taklif. Taklif qilinayotgan tanlovda ishtirok etadigan jamoa to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari(nomlari) va ular haqidagi ma’lumotlar: ish tajribasi va mazkur sohadagi faoliyati muddati (10 ballgacha);
— Belgilangan vazifalarni bajarish uchun yetarli vakolat, shuningdek inson, vaqt, moddiy resurslar mavjudligi to‘g‘risida yozma ariza.
Takliflar 2021 yil 25 oktabr soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.
«Master plan bo‘yicha ishlar professional tashkilot vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda, zarur bo‘lganda ob’ektga tashrif buyurgan holda amalga oshiriladi. «Master plan»ni ishlab chiqish muddati buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda tanlovni to‘xtatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi