15:35 / 16.10.2021
3 566

«Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev

«Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida og‘riqli masalalarga to‘xtaldi.
Oilalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ berish taklifimga hamma inflyatsiyadan qo‘rqib, pul berish kerak emas, dedi. Avvalgidek, qog‘ozda «rivojlanyapmiz» deb raqamni yozib, o‘tirmaymizku, odamlarga imkon berish kerak, dedim.

«Har bir oila – tadbirkor» loyihasining foydasi ham ko‘p bo‘ldi, lekin o‘g‘irlaganlar ham bo‘ldi. Ular millatga xiyonat qildi. Qonun – ustuvor, mablag‘larni qaytartirdim. Ko‘p rahbarlar to‘g‘ri ishlatolmadi. Pulni xazm qilolmadi...

Oddiy shifokor inson oilasida tug‘ilganman, 5 farzandli oilaning bolasiman. Men qishloq hayotidan uzilmaganman. Oyog‘im yerdan uzilmagan. Odamlarning hayotini yaxshilash uchun juda ko‘p taklif-tashabbus qildik. Juda ko‘p farmon va qarorlar chiqardik. Ammo uning to‘liq ijrosi bo‘yicha hali maqtanolmaymiz. Qiladigan ishimiz ko‘p…
» – dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev